Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Termik analiz

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 322-b. — ziyouz.com

    Termik analiz TERMIK ANALIZ, termografiya — fizikkimyoning asosiy tadqiqot usullaridan biri; turli moddalar, toğ jinslari va minerallarni qizdiriş yoki sovitiş jarayonida ularda röy beradigan fazaviy özgarişlarni maxsus asboblar (derivatograf va b.) yordamida yozib olişga asoslangan. T.a. natijalari termogramma da aks ettiriladi.T.a. aniq va qulay tadqiqot usullaridan hisoblanib, kimyo, geol., tuproqşunoslik, metallurgiya, agronomiya, oziq-ovqat, sement, çinni, keramika, töqimaçilik, dorişunoslik va b. sohalarda qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТЕРМИК АНАЛИЗ, термография — физиккимёнинг асосий тадқиқот усулларидан бири; турли моддалар, тоғ жинслари ва минералларни қиздириш ёки совитиш жараёнида уларда рўй берадиган фазавий ўзгаришларни махсус асбоблар (дериватограф ва б.) ёрдамида ёзиб олишга асосланган. Т.а. натижалари термограмма да акс эттирилади.Т.а. аниқ ва қулай тадқиқот усулларидан ҳисобланиб, кимё, геол., тупроқшунослик, металлургия, агрономия, озиқ-овқат, цемент, чинни, керамика, тўқимачилик, доришунослик ва б. соҳаларда қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.