Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tipometriya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 407-b. — ziyouz.com

    Tipometriya (tip va ...metriya) — matbaada bosma qoliplari (şrift, probel materiallar va b.) elementlarini ölçaş tizimi. T. asosida 1/72 dyuym (0,376 mm)ga teng bosmaxona punkti yotadi; yirik elementlar kvadratda ölçanadi. Liter, qator, probel (oraliq) materiallarning çiziqli ölçamlarini aniklaşda işlatiladi. Punkt bilan kvadrat örtasida oraliq birliklar bor: nonparel (1/8 kvadrat), petit (1/6 kvadrat), sitsero (1/ 4 kvadrat) va b.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТИПОМЕТРИЯ (тип ва ...метрия) — матбаада босма қолиплари (шрифт, пробель материаллар ва б.) элементларини ўлчаш тизими. Т. асосида 1/72 дюйм (0,376 мм)га тенг босмахона пункти ётади; йирик элементлар квадратда ўлчанади. Литер, қатор, пробель (оралиқ) материалларнинг чизиқли ўлчамларини аниклашда ишлатилади. Пункт билан квадрат ўртасида оралиқ бирликлар бор: нонпарель (1/8 квадрат), петит (1/6 квадрат), цицеро (1/ 4 квадрат) ва б.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.