Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tobadon

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 429-b. — ziyouz.com

    Tobadon — xalq me'morligida qöllaniladigan eşik, deraza tepasidagi kiçik darça, panjarali tuynuk. Maqbara, Madrasa hujralari va b. binolar eşigi tegtasiga törtburçakli, ravoqçali va b. şakllarda işlanib, ganç yoki yoğoç öymakorligida tayyorlangan panjaralar örnatilgan. Xona içkarisini şamollatiş, yoritiş uçun xizmat qiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОБАДОН — халқ меъморлигида қўлланиладиган эшик, дераза тепасидаги кичик дарча, панжарали туйнук. Мақбара, Мадраса ҳужралари ва б. бинолар эшиги тегтасига тўртбурчакли, равоқчали ва б. шаклларда ишланиб, ганч ёки ёғоч ўймакорлигида тайёрланган панжаралар ўрнатилган. Хона ичкарисини шамоллатиш, ёритиш учун хизмат қилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.