Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tojikiston fanlar akademiyasi

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 456-b. — ziyouz.com

    Tojikiston fanlar akademiyasi — Tojikiston Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1951 y. SSSR FAning Tojikiston bölimi (1941) negizida Duşanba ş.da taşkil etilgan. Akademiyaning fizika va texnika; mat., seysmologiya va seysmologik quriliş; geol.; kimyo, botanika; ösimliklar fiziologiyasi va biofizikasi; zool. va parazitologiya; Pomir biol.si; tarix, etn. va arxeologiya; şarqşunoslik intlari hamda tabiiy va mehnat resurslarini tadqiq etiş bölimi, 30 haqiqiy, 55 muxbir a'zosi bor. FA muassasalarida 5 mingga yaqin ilmiy xodim işlaydi. «Doniş» naşriyoti bor. 3 ilmiy jurnali naşr etiladi. Prezidenti — 1995 y. iyundan

    Ölmas Mirsaidov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОЖИКИСТОН ФАНЛАР АКАДЕМИЯСИ — Тожикистон Республикасининг олий илмий муассасаси. 1951 й. СССР ФАнинг Тожикистон бўлими (1941) негизида Душанба ш.да ташкил этилган. Академиянинг физика ва техника; мат., сейсмология ва сейсмологик қурилиш; геол.; кимё, ботаника; ўсимликлар физиологияси ва биофизикаси; зоол. ва паразитология; Помир биол.си; тарих, этн. ва археология; шарқшунослик интлари ҳамда табиий ва меҳнат ресурсларини тадқиқ этиш бўлими, 30 ҳақиқий, 55 мухбир аъзоси бор. ФА муассасаларида 5 мингга яқин илмий ходим ишлайди. «Дониш» нашриёти бор. 3 илмий журнали нашр этилади. Президенти — 1995 й. июндан

    Ўлмас Мирсаидов.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.