Tojikit
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 457-b. — ziyouz.com
Tojikit — nodir yer elementlari va bor guruhiga mansub mineral. Ilk bor Örta Osiyoda Zarafşon daryosining havzasida topilgan. Kimyoviy tarkibi Sa, TR2, Ti, B4, Si4O20. Jigarrang, şişadek yaltiraydi. Qattiqligi 5,5—6, ziçligi 3,8 g/sm3. Qorateginning şarqidagi albitlaşgan pegmatitlarda evdialit va tyanşanit bilan assotsiatsiyada uçraydi. Nodir yer elementlari va borning boşqa minerallarini qidirib topişda darakçi hisoblanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ТОЖИКИТ — нодир ер элементлари ва бор гуруҳига мансуб минерал. Илк бор Ўрта Осиёда Зарафшон дарёсининг ҳавзасида топилган. Кимёвий таркиби Са, TR2, Ti, B4, Si4O20. Жигарранг, шишадек ялтирайди. Қаттиқлиги 5,5—6, зичлиги 3,8 г/см3. Қоратегиннинг шарқидаги альбитлашган пегматитларда эвдиалит ва тяньшанит билан ассоциацияда учрайди. Нодир ер элементлари ва борнинг бошқа минералларини қидириб топишда даракчи ҳисобланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.