Tok şilliqqurti
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 465-b. — ziyouz.com
Tok şilliqqurti (Helux panatia) — qorinoyoqli mollyuskalar sinfiga mansub umurtqasiz haşarot. Yevropada, Old Osiyo va Şim. Afrikada tarqalgan. Örmon çetlarida, park va butazorlarda yaşaydi. Tuproq qatlamida qişlaydi. Barg bilan ovqatlanadi. T.ş. Janubiy va Jan.Ğarbiy Yevropada iste'mol qilinadi. Köpaytiriş uçun maxsus fermer xöjaliklar taşkil qilingan. Q.x. ekinlariga qisman zarar keltiradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ТОК ШИЛЛИҚҚУРТИ (Helux panatia) — қориноёқли моллюскалар синфига мансуб умуртқасиз ҳашарот. Европада, Олд Осиё ва Шим. Африкада тарқалган. Ўрмон четларида, парк ва бутазорларда яшайди. Тупроқ қатламида қишлайди. Барг билан овқатланади. Т.ш. Жанубий ва Жан.Ғарбий Европада истеъмол қилинади. Кўпайтириш учун махсус фермер хўжаликлар ташкил қилинган. Қ.х. экинларига қисман зарар келтиради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.