Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Tölqin»

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 830-b. — ziyouz.com

    «Tölqin» — 1) Buxoro va Samarqandda maqomlar uslubidagi aşula nomi. Buxoroda köpinça talqin aşula yöllari şu ibora bn yuritiladi; 2) özbek xalq çolğu yöllaridan. Soqiynoma doyra usulida ijro etiladi. Özbek musiqa dramalari (mas., V. Uspenskiy, «Farhod va Şirin»da Farhod ariyasi)da foydalanilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «ТЎЛҚИН» — 1) Бухоро ва Самарқандда мақомлар услубидаги ашула номи. Бухорода кўпинча талқин ашула йўллари шу ибора бн юритилади; 2) ўзбек халқ чолғу йўлларидан. Соқийнома дойра усулида ижро этилади. Ўзбек мусиқа драмалари (мас., В. Успенский, «Фарҳод ва Ширин»да Фарҳод арияси)да фойдаланилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.