Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tolqon

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 483–484-b. — ziyouz.com

    Tolqon — 1) ovqat turi. T. qöqonjöxori, makkajöxori, buğdoy, oqişoq, qotgan non, meva qoqilaridan tayyorlanadi. Tayyorlaş usuli: qovurilgan don, quritilgan non yoki meva qoqilar öğir yoki hovonçada tuyiladi, söngra elab olinadi; zarur hollarda şakar qöşib iste'mol qilinadi. Töqtutar va parhez mahsulot; 2) umuman tuyilgan narsa, kukun.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОЛҚОН — 1) овқат тури. Т. қўқонжўхори, маккажўхори, буғдой, оқишоқ, қотган нон, мева қоқиларидан тайёрланади. Тайёрлаш усули: қовурилган дон, қуритилган нон ёки мева қоқилар ўғир ёки ҳовончада туйилади, сўнгра элаб олинади; зарур ҳолларда шакар қўшиб истеъмол қилинади. Тўқтутар ва парҳез маҳсулот; 2) умуман туйилган нарса, кукун.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.