Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Töpçi qönğizlar

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 838-b. — ziyouz.com

    Töpçi qönğizlar (Brachininae) toşqollar oilasiga mansub qönğizlar kenja oilasi. Tanasining uz. 5—20 mm, rangi yaltiroq yoki çipor. 500 dan köproq turi bor. Özbekistonda 10 ga yaqin turi uçraydi. Qurtlari boşqa haşarotlar tanasida parazit. T.q. xavf tuğilganda anal teşigidan suyuq modda otib çiqaradi. Suyuklik havo bn aralaşganda qirsillagan ovoz çiqaradi (nomi şundan). Ovoz va sassiq tutun T.q.ni duşmandan himoya qiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТЎПЧИ ҚЎНҒИЗЛАР (Brachininae) тошқоллар оиласига мансуб қўнғизлар кенжа оиласи. Танасининг уз. 5—20 мм, ранги ялтироқ ёки чипор. 500 дан кўпроқ тури бор. Ўзбекистонда 10 га яқин тури учрайди. Қуртлари бошқа ҳашаротлар танасида паразит. Т.қ. хавф туғилганда анал тешигидан суюқ модда отиб чиқаради. Суюклик ҳаво бн аралашганда қирсиллаган овоз чиқаради (номи шундан). Овоз ва сассиқ тутун Т.қ.ни душмандан ҳимоя қилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.