Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tormoz yöli

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 507-b. — ziyouz.com

    Tormoz yöli — transport vositasi (avtomobil, tramvay va b.) ga tormoz berilgan paytdan boşlanib, toki butunlay töxtagunça ötgan masofa. T. y. transport vositasiga qarab har xil kattalikda böladi. T.y.ning kattakiçikligi tormoz mexanizmlarining samaradorligiga, yuritma va tormozlarning işga tuşiş vaqtiga, transport vositasining harakat tezligiga, ğildiraklarning yöl qoplamasi (yoki relyelar) bilan tişlaşiş (ilaşiş kuçiga), yöl (rels)ning sirpançiqlik darajasi, haydovçining reaksiyasi va b. ba'zi omillarga boğliq böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОРМОЗ ЙЎЛИ — транспорт воситаси (автомобиль, трамвай ва б.) га тормоз берилган пайтдан бошланиб, токи бутунлай тўхтагунча ўтган масофа. Т. й. транспорт воситасига қараб ҳар хил катталикда бўлади. Т.й.нинг каттакичиклиги тормоз механизмларининг самарадорлигига, юритма ва тормозларнинг ишга тушиш вақтига, транспорт воситасининг ҳаракат тезлигига, ғилдиракларнинг йўл қопламаси (ёки рельелар) билан тишлашиш (илашиш кучига), йўл (рельс)нинг сирпанчиқлик даражаси, ҳайдовчининг реакцияси ва б. баъзи омилларга боғлиқ бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.