Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Torqopçiğay

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 512-b. — ziyouz.com

    Torqopçiğay — Qaşqadaryo viloyati va Turkmenistan jan.ğarbidagi soy. Hisor tizmasining Kattapoy tarmoği yon bağridagi buloqlardan boşlanadi. Oqboştoğ va Qorabaland toğlarini kesib ötadi. Qarşi çöliga yetmasdan tugaydi. Uz. 205 km. Bahorda toşadi (suv sarfi 1 m3/sek. çamasida), yozda qurib qoladi. Tepaqöton kaliyli tuz konlaridan oqib ötgani uçun suvi şör. T.dan Dehqonobod tumanidagi Torqopçiğay qişloği aholisi va xöjaliklari suv oladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОРҚОПЧИҒАЙ — Қашқадарё вилояти ва Туркменистан жан.ғарбидаги сой. Ҳисор тизмасининг Каттапой тармоғи ён бағридаги булоқлардан бошланади. Оқбоштоғ ва Қорабаланд тоғларини кесиб ўтади. Қарши чўлига етмасдан тугайди. Уз. 205 км. Баҳорда тошади (сув сарфи 1 м3/сек. чамасида), ёзда қуриб қолади. Тепақўтон калийли туз конларидан оқиб ўтгани учун суви шўр. Т.дан Деҳқонобод туманидаги Торқопчиғай қишлоғи аҳолиси ва хўжаликлари сув олади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.