Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Toşpölat Ayyubxöjayev

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 248-b. — ziyouz.com

    Ayyubxöjayev Toşpölat (1836- 1908, Toşkent) — öymakor usta; otasi usta Ayyubxöjadan hunar örgangan. A. yoğoç öymakorligining pargari uslubida ijod qilgan. Yonğoq va çinor yoğoçlaridan yasalgan köp qirrali stol, kursi, qutiça va çilimlarni nafis handasiy naqşlar b-n bezagan. Uning asarlari respublika muzeylarida saqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЙЮБХЎЖАЕВ Тошпўлат (1836- 1908, Тошкент) — ўймакор уста; отаси уста Айюбхўжадан ҳунар ўрганган. А. ёғоч ўймакорлигининг паргари услубида ижод қилган. Ёнғоқ ва чинор ёғочларидан ясалган кўп қиррали стол, курси, қутича ва чилимларни нафис ҳандасий нақшлар б-н безаган. Унинг асарлари республика музейларида сақланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.