Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Toşqörğon

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 594-b. — ziyouz.com

    Toşqörğon TOŞQÖRĞON, Xulm Afğonistonning şim. qismidagi şahar. Samangon viloyatida. Aholisi 35 ming kişi (1990-y.lar örtalari). Xulm daryosi vohasidagi savdotransport markazi. Şahar atrofida meva, uzum, paxta va boşqa qişloq xöjaligi. mahsulotlari yetiştiriladi. Un tortiş, paxta tozalaş korxonalari bor. Hunarmandçilikda gazlama va gilam töqiladi, çarm, mis va temirdan uyrözğor buyumlari tayyorlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОШҚЎРҒОН, Хулм Афғонистоннинг шим. қисмидаги шаҳар. Самангон вилоятида. Аҳолиси 35 минг киши (1990-й.лар ўрталари). Хулм дарёси воҳасидаги савдотранспорт маркази. Шаҳар атрофида мева, узум, пахта ва бошқа қишлоқ хўжалиги. маҳсулотлари етиштирилади. Ун тортиш, пахта тозалаш корхоналари бор. Ҳунармандчиликда газлама ва гилам тўқилади, чарм, мис ва темирдан уйрўзғор буюмлари тайёрланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.