Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tovar raqobatbardoşligi

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 432–433-b. — ziyouz.com

    Tovar raqobatbardoşligi - tovarning rakrbatli bozor talablariga, bozorga çikarilgan xuddi şunday tovarlarga nisbatan xaridorlar ehtiyojlariga javob beriş krbiliyati. Raqobatbardoşlik, asosan, tovar sifati, uning texnika darajasi, iste'mol xususiyatlari hamda eng muhimi — tovar sotuvçisi tomonidan qöyiladigan narxi bilan belgilanadi. Şuningdek, raqobatbardoşlikka moda, sotiş va sotişdan keyingi servis xizmati, reklama, işlab çiqaruvçining ovozasi (imij), bozordagi vaziyat, talab tebranişlari ham ta'sir körsatadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОВАР РАҚОБАТБАРДОШЛИГИ - товарнинг ракрбатли бозор талабларига, бозорга чикарилган худди шундай товарларга нисбатан харидорлар эҳтиёжларига жавоб бериш крбилияти. Рақобатбардошлик, асосан, товар сифати, унинг техника даражаси, истеъмол хусусиятлари ҳамда энг муҳими — товар сотувчиси томонидан қўйиладиган нархи билан белгиланади. Шунингдек, рақобатбардошликка мода, сотиш ва сотишдан кейинги сервис хизмати, реклама, ишлаб чиқарувчининг овозаси (имиж), бозордаги вазият, талаб тебранишлари ҳам таъсир кўрсатади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.