Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tovus turna

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 435-b. — ziyouz.com

    Tovus turna TOVUS TURNA, tojli turna (Balearica pavonina) — turnasimonlar turkumiga mansub kuş. Oddiy turna kattaligida. Kulrang, qanotlari oqqora. Boşida qattiq, sarğiş tusli patlardan iborat kokili (toji) bor. Tuda (köpayiş davrida juft) bölib dare vohalarida ötroq yoki yarim ötroq yaşaydi. 2 ta tuxum qöyadi. Asosan, mayda suvda va quruqlikda yaşovçilar, haşarotlar, şilliqqurtlar, çuvalçanglar, şuningdek, ösimliklar uruği va yaşil qismlari bilan oziklanadi. Tutqunlikda boqilganda ham köpayadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОВУС ТУРНА, тожли турна (Balearica pavonina) — турнасимонлар туркумига мансуб куш. Оддий турна катталигида. Кулранг, қанотлари оққора. Бошида қаттиқ, сарғиш тусли патлардан иборат кокили (тожи) бор. Туда (кўпайиш даврида жуфт) бўлиб даре воҳаларида ўтроқ ёки ярим ўтроқ яшайди. 2 та тухум қўяди. Асосан, майда сувда ва қуруқликда яшовчилар, ҳашаротлар, шиллиққуртлар, чувалчанглар, шунингдек, ўсимликлар уруғи ва яшил қисмлари билан озикланади. Тутқунликда боқилганда ҳам кўпаяди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.