Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Töxta Rahmonova

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 109-b. — ziyouz.com

    Rahmonova Töxta (1921.5.6, Törtköl — 1984.4.2, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. Özbekiston xalq artisti (1950). 1934 y.dan Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq teatrida işlagan. Tabiatan jarangdor ovozi b-n musiqali drama janrida drama va vokal kompozitsiyalarini uyğunlaştirgan holda tölaqonli obrazlar yaratdi. Qoraqalpoq teatrining musiqali drama janridagi yutuqlari R. ijodi b-n boğliq. Gulsara («Gulsara»), Layli («Layli va Majnun»), Oypari («Kuklenbotir»), Gulparçin («Alpomiş»), Oysanam («Suymaganga suykanma»), Oygul («Oygul va Obod»), Şohsanam («Oşiq Ğarib») kabi rollari b-n şuhrat qozondi. Xonanda sifatida özbek va qoraqalpoq qöşiqlarini ijro etgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РАҲМОНОВА Тўхта (1921.5.6, Тўрткўл — 1984.4.2, Нукус) — қорақалпоқ актрисаси. Ўзбекистон халқ артисти (1950). 1934 й.дан Станиславский номидаги Қорақалпоқ театрида ишлаган. Табиатан жарангдор овози б-н мусиқали драма жанрида драма ва вокал композицияларини уйғунлаштирган ҳолда тўлақонли образлар яратди. Қорақалпоқ театрининг мусиқали драма жанридаги ютуқлари Р. ижоди б-н боғлиқ. Гулсара («Гулсара»), Лайли («Лайли ва Мажнун»), Ойпари («Кукленботир»), Гулпарчин («Алпомиш»), Ойсанам («Суймаганга суйканма»), Ойгул («Ойгул ва Обод»), Шоҳсанам («Ошиқ Ғариб») каби роллари б-н шуҳрат қозонди. Хонанда сифатида ўзбек ва қорақалпоқ қўшиқларини ижро этган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.