Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Transfert

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 633-b. — ziyouz.com

    Transfert TRANSFERT, transfer (frans. transfert — ötkaziş, köçiriş) — 1) çet el valyutasi yoki oltinni bir mamlakatdan boşqasiga ötkaziş; 2) nomi yozilgan qimmatli qoğozlarga egalik huquqini bir şaxs tomonidan boşqa şaxsga beriş; 3) bitişuvlarga doyr tölovlarni bir xisobvarakdan boşqasiga ötkaziş; 4) markaziy hokimiyat tomonidan undirilgan soliqlarning bir kismini mahalliy hokimiyat organlariga ötkaziş. Amaliyotda ötkazma tölovlar, ya'ni davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar uçun aholiga tölanadigan nafaqa va pensiyalar, tadbirkorlarga tölanadigan subsidiyalar, davlat qarzi böyiça tölanadigan foizlar ham T. («transfert tölovlari») deb ataladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТРАНСФЕРТ, трансфер (франц. transfert — ўтказиш, кўчириш) — 1) чет эл валютаси ёки олтинни бир мамлакатдан бошқасига ўтказиш; 2) номи ёзилган қимматли қоғозларга эгалик ҳуқуқини бир шахс томонидан бошқа шахсга бериш; 3) битишувларга дойр тўловларни бир хисобваракдан бошқасига ўтказиш; 4) марказий ҳокимият томонидан ундирилган солиқларнинг бир кисмини маҳаллий ҳокимият органларига ўтказиш. Амалиётда ўтказма тўловлар, яъни давлат бюджетидан ижтимоий эҳтиёжлар учун аҳолига тўланадиган нафақа ва пенсиялар, тадбиркорларга тўланадиган субсидиялар, давлат қарзи бўйича тўланадиган фоизлар ҳам Т. («трансферт тўловлари») деб аталади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.