Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Traxeotomiya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 638-b. — ziyouz.com

    Traxeotomiya (traxeya va yun. tome— kesilgan) — traxeya (kekirdak) devorini kesib, uning içini oçiş va maxsus nayça qöyiş. Bunda traxeya devorining kesilgan çekkasi böyinning kesilgan terisiga qöşib tikiladi. Yuqorigi va pastki T. ajratiladi. Yuqorigi T. qalqonsimon bez böyinçasidan yuqorida, pastki T. esa qalqonsimon bez böyinçasidan pastda qilinadi. Operatsiya traxeya yöli bekilib, undan havo ötmay qolganda qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТРАХЕОТОМИЯ (трахея ва юн. tome— кесилган) — трахея (кекирдак) деворини кесиб, унинг ичини очиш ва махсус найча қўйиш. Бунда трахея деворининг кесилган чеккаси бўйиннинг кесилган терисига қўшиб тикилади. Юқориги ва пастки Т. ажратилади. Юқориги Т. қалқонсимон без бўйинчасидан юқорида, пастки Т. эса қалқонсимон без бўйинчасидан пастда қилинади. Операция трахея йўли бекилиб, ундан ҳаво ўтмай қолганда қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.