Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Trinitrotoluol

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 651-b. — ziyouz.com

    Trinitrotoluol TRINITROTOLUOL, trotil, tol, C7H5 O6N3 — portlovçi modda; rangsiz, lekin saklanganda sarğayadigan kristall. Mol. m. 227,13. Atseton va benzolda yaxşi, suvda oz eriydi; suyuqlaniş trasi 80,85°, ziçligi 1641 kg/m3 (25° da).

    Kimyoviy barqaror, uzoq vaqt mobaynida parçalanmaydi va portlaş xususiyatini yöqotmaydi. Portlaganda köp miqdorda zaharli uglerod (II)oksid (SO) hosil böladi. T. toluolni nitrat va sulfat kislota aralaşmasi bilan nitrolab hosil qilinadi. T. öqdorilarda va portlatiş işlarida qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТРИНИТРОТОЛУОЛ, тротил, тол, С7Н5 O6N3 — портловчи модда; рангсиз, лекин сакланганда сарғаядиган кристалл. Мол. м. 227,13. Ацетон ва бензолда яхши, сувда оз эрийди; суюқланиш траси 80,85°, зичлиги 1641 кг/м3 (25° да).

    Кимёвий барқарор, узоқ вақт мобайнида парчаланмайди ва портлаш хусусиятини йўқотмайди. Портлаганда кўп миқдорда заҳарли углерод (II)оксид (СО) ҳосил бўлади. Т. толуолни нитрат ва сульфат кислота аралашмаси билан нитролаб ҳосил қилинади. Т. ўқдориларда ва портлатиш ишларида қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.