Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Troilit

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 658-b. — ziyouz.com

    Troilit (italiyalik olim D. Troili nomidan) — sulfidlar guruhiga mansub mineral, FeS. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Kristallik strukturasi geksagonal pirrotinning strukturasiga yaqin. Metallsimon yaltiraydigan bronzasariq rangli yumaloq ajratmalar hosil qiladi. Yopiq kristalli afegatlarining rangi qora. Qattikligi 4, ziçligi 4,6—4,8 g/sm3. Meteoritlarning asosiy minerali, Yerda kam bölib, tuğma temir, mis rudalari va öta asosli toğ jinslari bilan boğlangan xromitlarda aralaşma holida uçraydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТРОИЛИТ (италиялик олим D. Troili номидан) — сульфидлар гуруҳига мансуб минерал, FeS. Гексагонал сингонияда кристалланади. Кристаллик структураси гексагонал пирротиннинг структурасига яқин. Металлсимон ялтирайдиган бронзасариқ рангли юмалоқ ажратмалар ҳосил қилади. Ёпиқ кристалли афегатларининг ранги қора. Қаттиклиги 4, зичлиги 4,6—4,8 г/см3. Метеоритларнинг асосий минерали, Ерда кам бўлиб, туғма темир, мис рудалари ва ўта асосли тоғ жинслари билан боғланган хромитларда аралашма ҳолида учрайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.