Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Turkiston oksiloni

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 745-b. — ziyouz.com

    Turkiston oksiloni (Turkes tanioxylon) — ignabargli ösimliklarga mansub turkum. Qazilma holida topilgan. 1971 y.da özbek paleobotanigi R. Xudoyberdiyev Turkiston toğining şim. qismidagi yuqori bör qatlamidan bu ösimlikning toşga aylangan yoğoçini topgan. Uning anatomik tuzilişiga qarab T.o. degan yangi turkumni tavsiya qildi. T.o. hozirgi metasequoia va Seguoia turkumlariga öxşaş daraxtsimon ösimlik bölib, bu hududda 90 mln. yil oldin ösgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТУРКИСТОН ОКСИЛОНИ (Turkes tanioxylon) — игнабаргли ўсимликларга мансуб туркум. Қазилма ҳолида топилган. 1971 й.да ўзбек палеоботаниги Р. Худойбердиев Туркистон тоғининг шим. қисмидаги юқори бўр қатламидан бу ўсимликнинг тошга айланган ёғочини топган. Унинг анатомик тузилишига қараб Т.о. деган янги туркумни тавсия қилди. Т.о. ҳозирги metasequoia ва Seguoia туркумларига ўхшаш дарахтсимон ўсимлик бўлиб, бу ҳудудда 90 млн. йил олдин ўсган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.