Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Uloq

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 72-b. — ziyouz.com

    Uloq — 6 oylikkaça bölgan eçki bolasi. Eçkiçilikda uloq jun va tivit yönalişida yaylovda onasidan ajratilmay, sut yönalişida bölsa ajratib parvariş qilinadi (4 oylik bölgaç, onalaridan, erkaklari urğoçilaridan ajratiladi). Onasidan ajratib boqilanda 1 oylik U.larga bir kunda 4—5 soat oraliq b-n 4 marta (200—250 g dan), 3 oylik U.larga 3 marta (150 g.dan) sut içiriladi. Şuningdek, U. 10 kunlik bölgaç sutga qöşib 200 g, 2—3 oylik davrda 800 g pişirilgan suyuq suli atalasi beriladi. 3—4 haftalik U.lar ötlaşga qöyiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    УЛОҚ — 6 ойликкача бўлган эчки боласи. Эчкичиликда улоқ жун ва тивит йўналишида яйловда онасидан ажратилмай, сут йўналишида бўлса ажратиб парвариш қилинади (4 ойлик бўлгач, оналаридан, эркаклари урғочиларидан ажратилади). Онасидан ажратиб боқиланда 1 ойлик У.ларга бир кунда 4—5 соат оралиқ б-н 4 марта (200—250 г дан), 3 ойлик У.ларга 3 марта (150 г.дан) сут ичирилади. Шунингдек, У. 10 кунлик бўлгач сутга қўшиб 200 г, 2—3 ойлик даврда 800 г пиширилган суюқ сули аталаси берилади. 3—4 ҳафталик У.лар ўтлашга қўйилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.