Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Unja

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 120–121-b. — ziyouz.com

    Unja — RFning Yevropa qismidagi dare, Volganing çap irmoği, Vologda va Kostroma viloyatlaridan ötadi. Kema va Lundonga daryolarining quşilişidan hosil bölib, Gorkiy suv omboriga quyiladi. Uz. 426 km, havzasining mayd. 27,8 ming km2. Noyab.da muzlab, apr.da muzdan böşaydi. Suv sarfi quyiliş joyidan 50 km da 160 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. Yoğoç oqiziladi. U. böyida Makaryev, Manturovo, Kologriv ş.lari joylaşgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    УНЖА — РФнинг Европа қисмидаги даре, Волганинг чап ирмоғи, Вологда ва Кострома вилоятларидан ўтади. Кема ва Лундонга дарёларининг қушилишидан ҳосил бўлиб, Горький сув омборига қуйилади. Уз. 426 км, ҳавзасининг майд. 27,8 минг км2. Нояб.да музлаб, апр.да муздан бўшайди. Сув сарфи қуйилиш жойидан 50 км да 160 м3/сек. Қуйи оқимида кема қатнайди. Ёғоч оқизилади. У. бўйида Макарьев, Мантурово, Кологрив ш.лари жойлашган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.