Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Uzluksizlik aksiomasi

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 31-b. — ziyouz.com

    Uzluksizlik aksiomasi töğri çiziq (haqiqiy sonlar töplami) ning uzluksiz (tutaş) ligi haqida aksioma. Bu aksioma turliça (birbiriga ekvivalent) körinişda ifodalanadi: haqiqiy sonlar töplamida bajarilgan har qanday kesim bitta haqiqiy sonni aniklaydi (Dedekind); har qanday içmaiç joylaşgan segmentlar ketmaketligi böş bölmagan kesişmaga ega; har qanday yuqori (quyi)dan çegaralangan töplamning aniq yuqori (aniq quyi) çegarasi mavjud (Veyerştrass).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    УЗЛУКСИЗЛИК АКСИОМАСИ тўғри чизиқ (ҳақиқий сонлар тўплами) нинг узлуксиз (туташ) лиги ҳақида аксиома. Бу аксиома турлича (бирбирига эквивалент) кўринишда ифодаланади: ҳақиқий сонлар тўпламида бажарилган ҳар қандай кесим битта ҳақиқий сонни аниклайди (Дедекинд); ҳар қандай ичмаич жойлашган сегментлар кетмакетлиги бўш бўлмаган кесишмага эга; ҳар қандай юқори (қуйи)дан чегараланган тўпламнинг аниқ юқори (аниқ қуйи) чегараси мавжуд (Вейерштрасс).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.