Vagonetka
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 6-b. — ziyouz.com
Vagonetka (frans. Wagonnet — kiçik vagon) — tor izli yöllarda yaqin masofalarga yuk taşiydigan kiçik (0,5—6 m3) hajmli transport vositasi. V. lar quriliş, sanoat korxonalari va omborlar, kumir va ruda konlarida, karyerlarda işlatiladi. Bulardan taşqari maxsus (yoğoç, suv, yoqilği taşişga), odamlar (mas., konçilar) taşişga möljallangan xillari ham bor. V. lar motovozlar, elektrovozlar va parovozlar b-n tortiladi, qiya izlarda özini ğildiratib yuboriladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВАГОНЕТКА (франц. Wagonnet — кичик вагон) — тор изли йўлларда яқин масофаларга юк ташийдиган кичик (0,5—6 м3) ҳажмли транспорт воситаси. В. лар қурилиш, саноат корхоналари ва омборлар, кумир ва руда конларида, карьерларда ишлатилади. Булардан ташқари махсус (ёғоч, сув, ёқилғи ташишга), одамлар (мас., кончилар) ташишга мўлжалланган хиллари ҳам бор. В. лар мотовозлар, электровозлар ва паровозлар б-н тортилади, қия изларда ўзини ғилдиратиб юборилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.