Vahdati vujud
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 79-b. — ziyouz.com
Vahdati vujud (arab. - jismoniy birlik) — abadiy yagona Allohgina bor deb hisoblovçi panteistik (q. Panteizm) ta'limot. Bu ta'limotga köra, jismoniy olam, predmetlar dunyosi haqiqiy emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, şulasidir. V. v. namoyandalari (Ibn Arabiy, Muhammad Ğazoliy va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblaganlar. V. v. ayniqsa 17—19-a. larda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng tarqalişiga sabab böldi.
Q.: Panteizm
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВАҲДАТИ ВУЖУД (араб. - жисмоний бирлик) — абадий ягона Аллоҳгина бор деб ҳисобловчи пантеистик (қ. Пантеизм) таълимот. Бу таълимотга кўра, жисмоний олам, предметлар дунёси ҳақиқий эмас, ҳақиқат фақат Аллоҳда мужассамланган, моддий олам Аллоҳнинг нури, шуьласидир. В. в. намояндалари (Ибн Арабий, Муҳаммад Ғазолий ва б.) худо бутун борлиқни яратиб туради, деб ҳисоблаганлар. В. в. айниқса 17—19-а. ларда Ҳиндистон ва Туркистонда тасаввуфнинг кенг тарқалишига сабаб бўлди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.