Vakuum-filtr
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 20-b. — ziyouz.com
Vakuum-filtr — tarkibida muallaq qatgiq zarralari bor suyuqliklar (suspenziyalar)ni tozalaydigan apparat. Filtrlovçi material paxta, jun, asbest yoki şişa gazlamadan tayyorlanadi. Tozalaş jarayoni vakuum nasosi hosil qiladigan filtrlovçi qavat usti va ostidagi bosimlar farqi hisobiga sodir böladi. Davriy va uzluksiz işlaydigan, diskli, lentali, tarelkasimon, karusel va b. xillari bor. V.-f. kimyo sanoati, tibbiyot va b. tarmokdarda keng işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВАКУУМ-ФИЛЬТР — таркибида муаллақ қатгиқ зарралари бор суюқликлар (суспензиялар)ни тозалайдиган аппарат. Фильтрловчи материал пахта, жун, асбест ёки шиша газламадан тайёрланади. Тозалаш жараёни вакуум насоси ҳосил қиладиган фильтрловчи қават усти ва остидаги босимлар фарқи ҳисобига содир бўлади. Даврий ва узлуксиз ишлайдиган, дискли, лентали, тарелкасимон, карусель ва б. хиллари бор. В.-ф. кимё саноати, тиббиёт ва б. тармокдарда кенг ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.