Vakuum moyi
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 17-b. — ziyouz.com
Vakuum moyi - xona t-rasida buğining bosimi past böladigan suyuqlik; tabiiy va sintetik suyukliklarni vakuumda distillab olinadigan vakuum materiallari jumlasiga kiradi. Asosan buğ-moy nasoslarida iş suyuqligi sifatida, mexanik nasoslarda ziçlovçi suyuqlik sifatida, vakuum qurilmalarning işqalanuvçi qismlarida moylovçi material sifatida, şuningdek suyuqlikli vakuummetrlarni töldirişda işlatiladi. Vakuum texnikasida mineral va kremniy organik V. m. keng qöllaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВАКУУМ МОЙИ - хона т-расида буғининг босими паст бўладиган суюқлик; табиий ва синтетик суюкликларни вакуумда дистиллаб олинадиган вакуум материаллари жумласига киради. Асосан буғ-мой насосларида иш суюқлиги сифатида, механик насосларда зичловчи суюқлик сифатида, вакуум қурилмаларнинг ишқаланувчи қисмларида мойловчи материал сифатида, шунингдек суюқликли вакуумметрларни тўлдиришда ишлатилади. Вакуум техникасида минерал ва кремний органик В. м. кенг қўлланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.