Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Valanjin yarusi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 22-b. — ziyouz.com

    Valanjin yarusi (Şveysariyadagi Nevşatel ş. yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi bör sistemasi (davri) pastdan ikkinçi yarusi. 1853 y.da Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, leletsipoda va ammonitli ohaktoşlardan taşkil topgan. V.ya. jinslari Ukrainada hamda Alp, Karpat toglari va Kavkazda bor. V.ya. qizğiş ohaktoşli jinslari Özbekiston (Hisor toğlari)da ajratilgan. Bir oz gips va fosforit qatlamlari ham uçraydi. Buxoro viloyatida qumtoş, qizil gillardan iborat V.ya.da neft uyumlari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАЛАНЖИН ЯРУСИ (Швейцариядаги Невшатель ш. яқинидаги Валанжен қасри номидан) — қуйи бўр системаси (даври) пастдан иккинчи яруси. 1853 й.да Дезор (Desor) алоҳида ярус қилиб ажратган. Дастлаб аниқланган жойида денгиз типратикани, лелеципода ва аммонитли оҳактошлардан ташкил топган. В.я. жинслари Украинада ҳамда Альп, Карпат тоглари ва Кавказда бор. В.я. қизғиш оҳактошли жинслари Ўзбекистон (Ҳисор тоғлари)да ажратилган. Бир оз гипс ва фосфорит қатламлари ҳам учрайди. Бухоро вилоятида қумтош, қизил гиллардан иборат В.я.да нефть уюмлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.