Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Valerianat kislotalar

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 24–25-b. — ziyouz.com

    Valerianat kislotalar - bir asosli töyingan organik kislotalar, umumiy formulasi C4H9COOH. Mol. m. 102,13; rangeiz, ğalati hidli suyuqliklar. Uglevodorod radikalining tuzilişiga qarab törtta izomeri bölişi mumkin.

    Izovalerianat va metiletilsirka kislotalar köproq ahamiyatli bölib, asosan izoamil spirtlarni oksidlab olinadi. V. k. b-n alifatik spirtlarning efirlari oziq-ovqat sanoatida meva essensiyalari sifatida, V. k. b-n aromatik yoki terpen spirtlarning efirlari esa atir-upa sanoatida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАЛЕРИАНАТ КИСЛОТАЛАР - бир асосли тўйинган органик кислоталар, умумий формуласи С4Н9СООН. Мол. м. 102,13; рангеиз, ғалати ҳидли суюқликлар. Углеводород радикалининг тузилишига қараб тўртта изомери бўлиши мумкин.

    Изовалерианат ва метилэтилсирка кислоталар кўпроқ аҳамиятли бўлиб, асосан изоамил спиртларни оксидлаб олинади. В. к. б-н алифатик спиртларнинг эфирлари озиқ-овқат саноатида мева эссенциялари сифатида, В. к. б-н ароматик ёки терпен спиртларнинг эфирлари эса атир-упа саноатида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.