Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Valyuta boyliklari

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 32-b. — ziyouz.com

    Valyuta boyliklari - xalqaro valyuta-moliya muomalasi doirasiga jalb qilinadigan moddiy obyektlar. Unga çet el valyutasi, çet el valyuta-sidagi tölov hujjatlari (veksellar, çeklar, akkreditivlar), jamgarma boy-liklar (aksiya, obligatsiya), tabiiy yoki qayta işlangan şakldagi qimmatbaho toşlar (olmos, marvarid, yoqut, aleksandrit va b.), şuningdek noyob metallar (oltin, kumuş, platina, platina guruhiga kiruvçi metallar — palladiy, iridiy, osmiy, rodiy, ruteniy va b.) kiradi. V. b.ga nisbatan muomalada maxsus çeklov tartiblari joriy qilingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАЛЮТА БОЙЛИКЛАРИ - халқаро валюта-молия муомаласи доирасига жалб қилинадиган моддий объектлар. Унга чет эл валютаси, чет эл валюта-сидаги тўлов ҳужжатлари (векселлар, чеклар, аккредитивлар), жамгарма бой-ликлар (акция, облигация), табиий ёки қайта ишланган шаклдаги қимматбаҳо тошлар (олмос, марварид, ёқут, александрит ва б.), шунингдек ноёб металлар (олтин, кумуш, платина, платина гуруҳига кирувчи металлар — палладий, иридий, осмий, родий, рутений ва б.) киради. В. б.га нисбатан муомалада махсус чеклов тартиблари жорий қилинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.