Vanda Lvovna Vasilevskaya
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 59-b. — ziyouz.com
Vasilevskaya Vanda Lvovna (1905.21.1, Krakov - 1964.29.7, Kiyev) — polyak va rus yozuvçisi, jamoat arbobi. Polyak tilida yozgan. Krakov un-tini tugatgan (1927). «Şu kunning qiyofasi» (1934) qissasi, «Vatan» (1935) romanida işçi va dehqonlarning 20-a. boşlaridagi hayoti, 2-jahon uruşidagi xalq qahramonliklari madh etilgan. V. «Kamalak» (1942), «Çin muhabbat» (1944), «Çiroq yonganda» (1946). «Hayot-mamot kuraşida» (1958) qissalari, «Suv uzra qöşiq» trilogiyasi («Botqoqlikdagi olov», 1940; «Kuldagi yulduzlar» 1946; «Daryolar yonmokda», 1951) kabi asarlar muallifi. «Çin muhabbat» asarini Asqad Muxtor özbek tiliga tarjima qilgan (1947).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВАСИЛЕВСКАЯ Ванда Львовна (1905.21.1, Краков - 1964.29.7, Киев) — поляк ва рус ёзувчиси, жамоат арбоби. Поляк тилида ёзган. Краков ун-тини тугатган (1927). «Шу куннинг қиёфаси» (1934) қиссаси, «Ватан» (1935) романида ишчи ва деҳқонларнинг 20-а. бошларидаги ҳаёти, 2-жаҳон урушидаги халқ қаҳрамонликлари мадҳ этилган. В. «Камалак» (1942), «Чин муҳаббат» (1944), «Чироқ ёнганда» (1946). «Ҳаёт-мамот курашида» (1958) қиссалари, «Сув узра қўшиқ» трилогияси («Ботқоқликдаги олов», 1940; «Кулдаги юлдузлар» 1946; «Дарёлар ёнмокда», 1951) каби асарлар муаллифи. «Чин муҳаббат» асарини Асқад Мухтор ўзбек тилига таржима қилган (1947).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.