Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vandei uruşlari

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 40-b. — ziyouz.com

    Vandei uruşlari - 18-a. oxiridagi Fransiya inqilobi va Direktoriya davrida mamlakatning garbiy viloyatlaridagi isyonga qarşi Fransiya hukumatining olib borgan uruşlari. 1793 ydagi isyonning asosiy öçoği bölgan Vandey departamenti nomidan olingan. Isyonlarda dvoryanlar va ruhoniylar b-n bir qatorda dehqonlarning bir qismi ham iştirok etgan. V. u. 1793 y.da özining yuqori çöqqisiga yetgan. V. u.dagi muhim voqea — 1795 y.dagi Kiberon ekspeditsiyasi bölgan. Bu uruşlar fransuz xalqiga qimmatga tuşgan: har ikki tomondan 600 mingdan ortiq kişi halok bölgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАНДЕИ УРУШЛАРИ - 18-а. охиридаги Франция инқилоби ва Директория даврида мамлакатнинг гарбий вилоятларидаги исёнга қарши Франция ҳукуматининг олиб борган урушлари. 1793 йдаги исённинг асосий ўчоғи бўлган Вандей департаменти номидан олинган. Исёнларда дворянлар ва руҳонийлар б-н бир қаторда деҳқонларнинг бир қисми ҳам иштирок этган. В. у. 1793 й.да ўзининг юқори чўққисига етган. В. у.даги муҳим воқеа — 1795 й.даги Киберон экспедицияси бўлган. Бу урушлар француз халқига қимматга тушган: ҳар икки томондан 600 мингдан ортиқ киши ҳалок бўлган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.