Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vardonze davlat tabiat yodgorligi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 50-b. — ziyouz.com

    Vardonze davlat tabiat yodgorligi — davlat muhofazasida bölgan noyob tabiat yodgorliklaridan biri. Buxoro viloyati Şofirkon tumanida joylaşgan. Dastlab 1975 y.da qöriqxona sifatida taşkil etilgan. Çöllarning jadal özlaştirilişi b-n qöriqxonalik ahamiyatini yöqotdi va 1983 y.dan davlat tabiat yodgorligiga aylantirildi. Mayd. 300 ga. Uning hududida qumliklar, qad. Vardonze (Qörğoni Vardonze) yodgorligi bor. Noyob saksovul daraxtlari, Rixter çerkezi, yulgun va b. ösadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАРДОНЗЕ ДАВЛАТ ТАБИАТ ЁДГОРЛИГИ — давлат муҳофазасида бўлган ноёб табиат ёдгорликларидан бири. Бухоро вилояти Шофиркон туманида жойлашган. Дастлаб 1975 й.да қўриқхона сифатида ташкил этилган. Чўлларнинг жадал ўзлаштирилиши б-н қўриқхоналик аҳамиятини йўқотди ва 1983 й.дан давлат табиат ёдгорлигига айлантирилди. Майд. 300 га. Унинг ҳудудида қумликлар, қад. Вардонзе (Қўрғони Вардонзе) ёдгорлиги бор. Ноёб саксовул дарахтлари, Рихтер черкези, юлгун ва б. ўсади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.