Varikap
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 52-b. — ziyouz.com
Varikap (ing. vari (able) — özgaruvçan va car (acitu) — siğim) — yarim-ötkazgiçli elektr kondensator. Elektr siğimi qöyilgan kuçlanişga boğliq böladi. V. kremniy, germaniy va galliy arsenid asosida tayyorlanadi. Taşqi elektr maydoni V.dagi zaryadni va elektr siğimni özgartiradi. V.ning ikkinçi turi fotovarikapdir. U yarimötkazgiçli fotoelement. Unda elektr siğimi sirtga tuşayotgan yoruğlik oqimi intensivligiga boğliq böladi. Şu qonuniyatga asoslanib, V.dan yoruğlik ta'sirida boşqariladigan elektr siğim sifatida foydalaniş mumkin. V. hisoblaş texnikasida, radioelektronika va b. sohalarda qöllaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВАРИКАП (инг. vari (able) — ўзгарувчан ва car (acitu) — сиғим) — ярим-ўтказгичли электр конденсатор. Электр сиғими қўйилган кучланишга боғлиқ бўлади. В. кремний, германий ва галлий арсенид асосида тайёрланади. Ташқи электр майдони В.даги зарядни ва электр сиғимни ўзгартиради. В.нинг иккинчи тури фотоварикапдир. У яримўтказгичли фотоэлемент. Унда электр сиғими сиртга тушаётган ёруғлик оқими интенсивлигига боғлиқ бўлади. Шу қонуниятга асосланиб, В.дан ёруғлик таъсирида бошқариладиган электр сиғим сифатида фойдаланиш мумкин. В. ҳисоблаш техникасида, радиоэлектроника ва б. соҳаларда қўлланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.