Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Varistor

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 54-b. — ziyouz.com

    Varistor (ing. vari (able) — özgaruvçan va (resi) stor — qarşilik) — yarimötkazgiçli inersiyasiz rezistor. Elektr ötkazuvçanligi qöyilgan kuçlanişga boğliq böladi. Kuçlaniş köpayişi b-n V.ning qarşiligi kamayadi, zanjirdan ötayotgan tok oşib boradi. V. kremniy karbid (SiC) kukunidan yasaladi. V.ga kumuş (Ag), alyuminiy (A1) va mis (Si) elektrodlar örnatiladi. V.dan elektron-hisoblaş maşinalarida, aloqa liniyalarida foydalaniladi. Past voltli V. kuçlaniş stabilizatori sxemasida qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАРИСТОР (инг. vari (able) — ўзгарувчан ва (resi) stor — қаршилик) — яримўтказгичли инерциясиз резистор. Электр ўтказувчанлиги қўйилган кучланишга боғлиқ бўлади. Кучланиш кўпайиши б-н В.нинг қаршилиги камаяди, занжирдан ўтаётган ток ошиб боради. В. кремний карбид (SiC) кукунидан ясалади. В.га кумуш (Ag), алюминий (А1) ва мис (Си) электродлар ўрнатилади. В.дан электрон-ҳисоблаш машиналарида, алоқа линияларида фойдаланилади. Паст вольтли В. кучланиш стабилизатори схемасида қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.