Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Varşava knyazligi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 56-b. — ziyouz.com

    Varşava knyazligi (Varşava gersogligi) — Tilzit sulhi (1807) ga köra Napoleon I tomonidan Prussiya (1807) va Avstriya (1809)dan tortib olingan Polşa yerlarining birlaşişi natijasida taşkil topgan davlat. Fransuz qöşinlari 1812 i. Rossiyada tor-mor etilgaç, 1814—15 y.lardagi Vena kongressiga binoan V. k. hududi Rossiya, Avstriya va Prussiya davlatlari örtasida bölib olingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАРШАВА КНЯЗЛИГИ (Варшава герцоглиги) — Тильзит сулҳи (1807) га кўра Наполеон I томонидан Пруссия (1807) ва Австрия (1809)дан тортиб олинган Польша ерларининг бирлашиши натижасида ташкил топган давлат. Француз қўшинлари 1812 и. Россияда тор-мор этилгач, 1814—15 й.лардаги Вена конгрессига биноан В. к. ҳудуди Россия, Австрия ва Пруссия давлатлари ўртасида бўлиб олинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.