Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vatin

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 67-b. — ziyouz.com

    Vatin — bir yoki ikki tomoni tukli momiq polotno. Paxta, jun yoki aralaş tolalardan 3—12 mm kalinlikda tayyorlanadi. Uç usudda: trikotaj mato ustiga paxta yoki jun tolalarini yörmab, yupqa paxta yoki jun tolalari qatlamining ikki tomoniga ip gazlama lentalari tikib va paxta qatlamining ikki tomonidan doka qoplab tayyorlanadi. Qişlik kiyim-boşlarga paxta örniga solinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАТИН — бир ёки икки томони тукли момиқ полотно. Пахта, жун ёки аралаш толалардан 3—12 мм калинликда тайёрланади. Уч усудда: трикотаж мато устига пахта ёки жун толаларини йўрмаб, юпқа пахта ёки жун толалари қатламининг икки томонига ип газлама ленталари тикиб ва пахта қатламининг икки томонидан дока қоплаб тайёрланади. Қишлик кийим-бошларга пахта ўрнига солинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.