Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Veber apparati

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 85-b. — ziyouz.com

    Veber apparati (nemis olimi E. G. Veber nomi b-n atalgan) — ayrim suyakli baliqlarda suzgiç pufagini içki quloq b-n boğlab turadigan, özaro harakatçan tutaşgan 4 juft suyakçalar. V. a. suzgiç pufagi (tovuş rezonatori) hajmining özgarişini qabul qilib, uni transformatsiya qiladi va içki quloqqa ötkazadi. V. a.ga ega bölgan karpsimonlar, laqqalar, xaratsinsimonlar 13 kGs gaça, bu apparatga ega bölmagan baliqlar faqat 2,5 kGs gaça çastotali tovuşlarni eşita oladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВЕБЕР АППАРАТИ (немис олими Э. Г. Вебер номи б-н аталган) — айрим суякли балиқларда сузгич пуфагини ички қулоқ б-н боғлаб турадиган, ўзаро ҳаракатчан туташган 4 жуфт суякчалар. В. а. сузгич пуфаги (товуш резонатори) ҳажмининг ўзгаришини қабул қилиб, уни трансформация қилади ва ички қулоққа ўтказади. В. а.га эга бўлган карпсимонлар, лаққалар, харацинсимонлар 13 кГц гача, бу аппаратга эга бўлмаган балиқлар фақат 2,5 кГц гача частотали товушларни эшита олади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.