Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Velikaya

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 97–98-b. — ziyouz.com

    Velikaya — RF Pskov viloyatidagi daryo. Bejanitsi qirlaridan boşlanadi, delta hosil qilib Çud-Pskov köliga quyiladi. Uz. 430 km, havzasining mayd. 25,2 ming km2. Asosiy irmoklari: Issa, Sinyaya, Utroya (çapda), Sorot, Çere-xa, Pskova (öngda). Örtaça yillik suv sarfi Pyatonovo qişloği yonida 134 m3/ sek. V. noyabrdan apr. boşigaça muzlab yotadi. Quyiliş yeridan V.da yoğoç oqiziladi. 40 km masofada kema qatnaydi. V. sohilida Ostrov, Pskov va Opoçka ş.lari joylaşgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВЕЛИКАЯ — РФ Псков вилоятидаги дарё. Бежаници қирларидан бошланади, дельта ҳосил қилиб Чудь-Псков кўлига қуйилади. Уз. 430 км, ҳавзасининг майд. 25,2 минг км2. Асосий ирмоклари: Исса, Синяя, Утроя (чапда), Сороть, Чере-ха, Пскова (ўнгда). Ўртача йиллик сув сарфи Пятоново қишлоғи ёнида 134 м3/ сек. В. ноябрдан апр. бошигача музлаб ётади. Қуйилиш еридан В.да ёғоч оқизилади. 40 км масофада кема қатнайди. В. соҳилида Остров, Псков ва Опочка ш.лари жойлашган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.