Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vermipsillyoz

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 129-b. — ziyouz.com

    Vermipsillyoz — hayvonlarda Vermipsyllidae oilasiga mansub burgalar paydo kiladigan invazion kasallik. Asosan qöy (qöziçoqlarda oğir keçadi), eçki, yoş bötaloqlar kasallanadi. Kasal hayvonlarda tez ozib ketiş, parça-parça jun tökilib ketişi, dermatitlar (terining qizarişi, qiçişi), anemiya kuzatiladi.

    Davosi: sovuq davrda insektitsid dustlar — piretrum, xlorofos va b.; issiq davrda xlorofos eritmasi, trixlormetafos-3 emulsiyasi purkaladi. Oldini oliş: oğilxonalarni va çorva hayvonlari turadigan joylarni toza tutiş.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВЕРМИПСИЛЛЁЗ — ҳайвонларда Vermipsyllidae оиласига мансуб бургалар пайдо киладиган инвазион касаллик. Асосан қўй (қўзичоқларда оғир кечади), эчки, ёш бўталоқлар касалланади. Касал ҳайвонларда тез озиб кетиш, парча-парча жун тўкилиб кетиши, дерматитлар (терининг қизариши, қичиши), анемия кузатилади.

    Давоси: совуқ даврда инсектицид дустлар — пиретрум, хлорофос ва б.; иссиқ даврда хлорофос эритмаси, трихлорметафос-3 эмульсияси пуркалади. Олдини олиш: оғилхоналарни ва чорва ҳайвонлари турадиган жойларни тоза тутиш.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.