Vertolyot dvigateli
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 135-b. — ziyouz.com
Vertolyot dvigateli — vertolyot vintini harakatga keltiriş (aylantiriş) uçun möljallangan aviatsiya dvigateli. U porşenli içki yonuv dvigateli va havo reaktiv dvigateli bölişi mumkin. Vertolyot parvozga kötarilayotgan yoki pasayib qönayotgan paytda quvvatni qisqa muddatga oşiriş uçun qöşimça ravkişa raketa dvigatelidan foydalaniş mumkin. Ba'zi vertolyotlar (mas., ikki valli turbovintli dvigatellar örnatiladigan köp dvigatelli vertolyotlar)da samolyotlarning turbovintli dvigatellari qöllaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВЕРТОЛЁТ ДВИГАТЕЛИ — вертолёт винтини ҳаракатга келтириш (айлантириш) учун мўлжалланган авиация двигатели. У поршенли ички ёнув двигатели ва ҳаво реактив двигатели бўлиши мумкин. Вертолёт парвозга кўтарилаётган ёки пасайиб қўнаётган пайтда қувватни қисқа муддатга ошириш учун қўшимча равкища ракета двигателидан фойдаланиш мумкин. Баъзи вертолётлар (мас., икки валли турбовинтли двигателлар ўрнатиладиган кўп двигателли вертолётлар)да самолётларнинг турбовинтли двигателлари қўлланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.