Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Veyssit

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 93–94-b. — ziyouz.com

    Veyssit (amerikalik ruda qazib oluvçi korxona rahbari P. Veys nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi CusTe3. Geksagonal singoniyali. Mayda donaçalar holida. Rangi oq, yaltiroqligi metallsimon. Kattiqligi 3. S.oğ. 6. V. oltinli gidrotermal yertomirlarida hosil böladi. Kam uçraydi.

    Özbekistonda faqat Qöşbuloq (Qurama tizmasi) oltin konida topilgan. V. Şvetsiya (Falun) va AQŞ (Gud-Xoup) oltin konlarida bor. V. oltin borligidan darak beruvçi mineral.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВЕЙССИТ (америкалик руда қазиб олувчи корхона раҳбари П. Вейс номидан) — минерал. Кимёвий формуласи CusTe3. Гексагонал сингонияли. Майда доначалар ҳолида. Ранги оқ, ялтироқлиги металлсимон. Каттиқлиги 3. С.оғ. 6. В. олтинли гидротермал ертомирларида ҳосил бўлади. Кам учрайди.

    Ўзбекистонда фақат Қўшбулоқ (Қурама тизмаси) олтин конида топилган. В. Швеция (Фалун) ва АҚШ (Гуд-Хоуп) олтин конларида бор. В. олтин борлигидан дарак берувчи минерал.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.