Vezdexod
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 92-b. — ziyouz.com
Vezdexod (rus— barça yerda yura oladi) — notekis yöllar, botqoqliklar, qorli va b. yuriş qiyin bölgan joylarda yura oladigan relssiz transport vositasi. V., odatda, maxsus şinali, pnevmoğaltakli, gusenitsa yuritmali (zanjirli) avtomobillardan iborat böladi. Transmissiyasiga qöşimça uzatiş qutisi yoki tortiş kuçiii oşirişga imkon beradigan mexanizmlar qöyiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВЕЗДЕХОД (рус— барча ерда юра олади) — нотекис йўллар, ботқоқликлар, қорли ва б. юриш қийин бўлган жойларда юра оладиган рельссиз транспорт воситаси. В., одатда, махсус шинали, пневмоғалтакли, гусеница юритмали (занжирли) автомобиллардан иборат бўлади. Трансмиссиясига қўшимча узатиш қутиси ёки тортиш кучиии оширишга имкон берадиган механизмлар қўйилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.