Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vibratsiya

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 146-b. — ziyouz.com

    Vibratsiya (lot. vibratio — tebraniş, titraş), titraş — elastik jismlarning mexanik tebranişi, titraşi. Foydali va zararli xillari bor. Vibrator, vibratsiya maşinasi yordamida ataylab hosil qilinadigan foydali V. texnologik operatsiyalarda (vibratsion taşişda, vibratsion kesişda, betonni ziçlaşda), maşina va qurilmalar (vibrobolğalar, qoziq qoqqiçlar)da foydalaniladi. Zararli V. transport harakatlanganda, maşina va asboblar işlaganda paydo böladi; ular konstruksiyalarni buzişga olib keladi, inson soğliğiga zararli ta'sir qiladi (q. Vibratsiya kasalligi). Zararli V.ni kamaytiriş uçun vibroizolyatsiya usuli qöllaniladi, dinamik söndirgiçlar va b.dan foydalaniladi.

    Q.: Vibratsiya kasalligi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИБРАЦИЯ (лот. vibratio — тебраниш, титраш), титраш — эластик жисмларнинг механик тебраниши, титраши. Фойдали ва зарарли хиллари бор. Вибратор, вибрация машинаси ёрдамида атайлаб ҳосил қилинадиган фойдали В. технологик операцияларда (вибрацион ташишда, вибрацион кесишда, бетонни зичлашда), машина ва қурилмалар (виброболғалар, қозиқ қоққичлар)да фойдаланилади. Зарарли В. транспорт ҳаракатланганда, машина ва асбоблар ишлаганда пайдо бўлади; улар конструкцияларни бузишга олиб келади, инсон соғлиғига зарарли таъсир қилади (қ. Вибрация касаллиги). Зарарли В.ни камайтириш учун виброизоляция усули қўлланилади, динамик сўндиргичлар ва б.дан фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.