Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vidal reaksiyasi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151-b. — ziyouz.com

    Vidal reaksiyasi - iç terlama (qorin tifi) va paratiflarni aniqlaş uçun qöllaniladigan immunobiologik reaksiya. Fransuz vraçi F. Vidal taklif etgan (1896). Reaksiya agglyutinatsiya hodisasiga asoslangan. Bemorning qon zardobi kamida 1:200 nisbatda suyultirilganda agglyutinatsiya hodisasi röy bersa, V.r. musbat böladi. Bu esa diagnostik titr hisoblanadi. Serodiagnostikata asoslanib hafta oralatib V.r. qöyilganida reaksiya titri ortib boradi (1:400; 1:800 va h.k.).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИДАЛЬ РЕАКЦИЯСИ - ич терлама (қорин тифи) ва паратифларни аниқлаш учун қўлланиладиган иммунобиологик реакция. Француз врачи Ф. Видаль таклиф этган (1896). Реакция агглютинация ҳодисасига асосланган. Беморнинг қон зардоби камида 1:200 нисбатда суюлтирилганда агглютинация ҳодисаси рўй берса, В.р. мусбат бўлади. Бу эса диагностик титр ҳисобланади. Серодиагностиката асосланиб ҳафта оралатиб В.р. қўйилганида реакция титри ортиб боради (1:400; 1:800 ва ҳ.к.).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.