Vikasol
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 164-b. — ziyouz.com
Vikasol (Vikasolum), K, vitamini— qondagi protrombinni köpaytirib, krnning iviş xossasini oşiradigan — qon töxtatadigan sintetik preparat. Ukraina olimi Palladii tomonidan sintez qilingan (1941—44). Qon ketganda, şuningdek bemorlarni operatsiyaga tayyorlaşda işlatiladi; 3—4 kun içiriladi yoki muskul orasiga yuboriladi. Qonning iviş xossasi oşib ketganda V. berib bölmaydi. Köproq akuşerlik amaliyotida qöllaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВИКАСОЛ (Vikasolum), К, витамини— қондаги протромбинни кўпайтириб, крннинг ивиш хоссасини оширадиган — қон тўхтатадиган синтетик препарат. Украина олими Палладии томонидан синтез қилинган (1941—44). Қон кетганда, шунингдек беморларни операцияга тайёрлашда ишлатилади; 3—4 кун ичирилади ёки мускул орасига юборилади. Қоннинг ивиш хоссаси ошиб кетганда В. бериб бўлмайди. Кўпроқ акушерлик амалиётида қўлланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.