Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Viktor Yemelyanoviç Yeryomenko

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 78-b. — ziyouz.com

    Yeryomenko Viktor Yemelyanoviç (1901.24.8, hoz. Ukraina, Nikolayev viloyati — 1962.9.6, Toşkent) — agronom olim, Özbekiston FA muxbir a'zosi (1956), prof. (1954). Krasnodar qişloq xöjaligi in-tini tugatgan (1936). SoyuzNIXIda ilmiy xodim, bölim mudiri (1942—54), Toşkent qişloq xöjaligi inti umumiy dehqonçilik va q.x. melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1954—61), ayni paytda ÖzSSR Qişloq xöjaligi vaziri örin-bosari (1954—56). Ye.ning ilmiy işlari ğöza, beda va b. ekinlar agrotexnikasi masalalariga bagişlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЕРЁМЕНКО Виктор Емельянович (1901.24.8, ҳоз. Украина, Николаев вилояти — 1962.9.6, Тошкент) — агроном олим, Ўзбекистон ФА мухбир аъзоси (1956), проф. (1954). Краснодар қишлоқ хўжалиги ин-тини тугатган (1936). СоюзНИХИда илмий ходим, бўлим мудири (1942—54), Тошкент қишлоқ хўжалиги инти умумий деҳқончилик ва қ.х. мелиорацияси кафедраси мудири (1954—61), айни пайтда ЎзССР Қишлоқ хўжалиги вазири ўрин-босари (1954—56). Е.нинг илмий ишлари ғўза, беда ва б. экинлар агротехникаси масалаларига багишланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.