Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vindikatsiya

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 174-b. — ziyouz.com

    Vindikatsiya (lot. vindicatio - talab qilib oliş) — mol-mulkni boşqa şaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib oliş. Mulk biron-bir şaxs (fukaro yoki yuridik şaxs)ning qonunsiz egaligida bölsa, mulk egasi öz mulkini natura (asli) holatida qaytariş haqida bu şaxsga nisbatan sudda da'vo qözğatişga, öz mol-mulkini uning qonunsiz egaligidan talab qilib olişga hakli.

    Mol-mulkni talab qilib olinganda daromadlar va xarajatlarni tölaş tartibi tegişli qonunlarda belgilab berilgan (ÖzR FK, 228—230-moddalar).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИНДИКАЦИЯ (лот. vindicatio - талаб қилиб олиш) — мол-мулкни бошқа шахснинг қонунсиз эгалигидан талаб қилиб олиш. Мулк бирон-бир шахс (фукаро ёки юридик шахс)нинг қонунсиз эгалигида бўлса, мулк эгаси ўз мулкини натура (асли) ҳолатида қайтариш ҳақида бу шахсга нисбатан судда даъво қўзғатишга, ўз мол-мулкини унинг қонунсиз эгалигидан талаб қилиб олишга ҳакли.

    Мол-мулкни талаб қилиб олинганда даромадлар ва харажатларни тўлаш тартиби тегишли қонунларда белгилаб берилган (ЎзР ФК, 228—230-моддалар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.