Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vinilatsetat

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 175-b. — ziyouz.com

    Vinilatsetat VINILATSETAT, CH3COOCH=CH2 -sirka kislotaning vinil efiri; rangsiz suyuqlik. Mol. m. 86,09, qaynaş t-rasi 73°, ziçligi 934,2 kg/m3 (20° da). Oddiy organik erituvçilarda yaxşi eriydi, suvda eruvçanligi 2,0—2,4%. Sanoatda V. palladiy tuzlari iştirokida, kislorodli muxitda sirka kislotaga etilen ta'sir ettirib olinadi. Polimerlaş yöli b-n V.dan plastmassa, lok, yelim va organik şişa tayyorlaşda işlatiladigan polivinilatsetat olinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИНИЛАЦЕТАТ, СН3СООСН=СН2 -сирка кислотанинг винил эфири; рангсиз суюқлик. Мол. м. 86,09, қайнаш т-раси 73°, зичлиги 934,2 кг/м3 (20° да). Оддий органик эритувчиларда яхши эрийди, сувда эрувчанлиги 2,0—2,4%. Саноатда В. палладий тузлари иштирокида, кислородли мухитда сирка кислотага этилен таъсир эттириб олинади. Полимерлаш йўли б-н В.дан пластмасса, лок, елим ва органик шиша тайёрлашда ишлатиладиган поливинилацетат олинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.